Tiktok tangalarini toʻldirish va Google Gift Card-ni faollashtirish usuli FAQ - thePAY

Please Select a Language.

    Tiktok tangalarni qanday sotib olish mumkin?

    • thePAY
    • Date 2023-12-08
    • Hit 13746

    Tiktok nima 

    Tiktok — bu musiqiy ijodkorlikni namoyish etadigan video ilova hamda yoshlar uchun yangi doʻstlar orttirishga yordam beradigan qiziqarli hamjamiyatdir. Bu yerda har kim oʻzining ijodiy videolarini yaratishi, musiqa trendlarini kuzatishi, turli janrdagi video kontentlarda oʻzini sinab koʻrishi hamda mahorat, raqs va aktyorlik orqali oʻz iqtidorini koʻrsatishi mumkin.

     

    thePAY ilovasida Tiktok Coin toʻldirish va undan foydalanish usuli

     

    1. thePAY ilovasini oʻrnatgandan soʻng, 'Oʻyin toʻldirish, Gift Card' menyusidan Tiktok mahsulotini tanlang.

    2. Sotib olmoqchi boʻlgan Tiktok balansini toʻldirish uchun Google Play Card summasini tanlang.

    3. Karta kodini qabul qilib olish uchun E-mail manzilingizni kiriting.

    4. Toʻlovni amalga oshirgach, qabul qilingan Google karta kodini nusxalab oling.

    5. Tiktok ilovasida “Profil” boʻlimiga kirib, “Sozlamalar va maxfiylik” qismidan balansni tekshiring.

    6. "Toʻldirish" (Recharge) tugmasini bosib, tangalar (Coin) miqdorini tanlang.

    7. Nusxalab olingan Google karta kodini kiritsangiz, jarayon yakunlanadi.

       

      Muhim eslatmalar: 

      TikTok kodlarini faqat Android (Google Play) qurilmalarida faollashtirish mumkin. Indoneziya (IDN) TikTok mahsulotlari faqat Indoneziyada faollashtirilishi mumkin. Toʻldirish vaqtida buni albatta tekshiring!

       

      Faollashtirish usuli video havolasi: 

      https://www.youtube.com/watch?v=GzFHlbhH2Io